Ibrat xonasi

22/09/2025

🏢 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Denov tumani bo‘linmasi rahbari, uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan T.Turdievning ish xonasiga tashrif buyurdi.

✅ Tashrif chog‘ida rektor T.Turdievning xonasiga kirishi bilan bu joyning ruhiy va ma’naviy oziq olish uchun mo‘ljallangani yaqqol sezildi. Xonada 2000 dan ortiq adabiyotlar, shuningdek, 500 dan ziyod gazeta va jurnallar joylashtirilgan bo‘lib, ularning bezaklari ham muhitga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi.

🖌 Bundan tashqari, xonada Denov tumanidagi barcha ijodkorlarning suratlari aks ettirilgan bo‘lib, keng qamrovli ma’lumotlar bilan boyitilgan.