Hurmatli yoshlar!

30/06/2025

Sizlarni 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Yurtimizda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida yondashilayotgani, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar har birimiz uchun faxrli va mas’uliyatli jarayondir.

Siz aziz talabalarimiz — institutimiz faxri va g‘ururisiz! Ilm olish, kasb-hunar egallash, innovatsion g‘oyalar bilan chiqish va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishingiz bizni quvontiradi. Sizga ishonamiz va har doim qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shu bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, ilmiy yutuqlar va ezgu maqsadlaringiz sari ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan har bir sa’y-harakatlaringizga omad yor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,O.A. Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori