🔹Institutimizda tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyasi” yangi ijodiy mavsum uchun kasting eʼlon qiladi. Teatr sanʼatiga qiziquvchi, sahna sirlarini oʻrganishni istovchi va ijodiy jamoamizga qoʻshilishni xohlovchi barcha talabalarni taklif qilamiz!
🔸 Sizni: Ijodiy jamoa, Aktyorlik mahorati mashgʻulotlari, Sahnaga chiqish imkoniyati va sahna zavqi, Festival va tanlovlarda ishtirok etish kutmoqda!
📅 O’tkazilish vaqti: joriy yilning 23-sentabr kuni soat 13:00 📍 O’tkazilish joyi: Institutning Sh.Rashidov ko’chasida joylashgan binosi faollar zali
❗️ Eslatib o’tamiz oʻzingiz bilan ijodiy chiqish (sheʼr, sahna parchasidan monolog, raqs yoki qoʻshiq) tayyorlab kelishingiz shart.
✅ Kelajak sahna yulduzlari orasida boʻlishni istasangiz, imkoniyatni qoʻldan boy bermang! ☎️ Qo’shimcha taklif va savollar uchun +998941422094 raqamiga murojaat qilishlaringiz mumkin.