Bugun millatimizning ruhiy merosi, madaniyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan muhim kunni nishonlamoqdamiz. O‘zbek tili – xalqimizning milliy birdamligi, ma’naviy yuksalishi va taraqqiyotining asosidir.
Ma’lumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi.
21-oktabr “O‘zbek tiliga – davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan sizlarni samimiy muborakbod etaman. Barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!
Oybek Ruziyev, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori