Hurmatli Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda fakultet matbuot xizmati xodimlari!

27/06/2025

🗓 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, sizlarni institut jamoasi nomidan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🖋 Sizning fidokorona mehnatingiz, dolzarb va haqqoniy yoritilgan yangiliklaringiz, ijtimoiy-ma’naviy jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi say-harakatlaringiz har qanday e’tirofga loyiqdir.

📸 Institut hayotidagi muhim voqealarni tezkor, aniq va yorqin aks ettirib, ta’lim dargohimiz obro‘ysini yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan mehnatingiz uchun tashakkur bildiraman.

📚 Sizga mustahkam sog’lik, oilaviy farovonlik, ijodiy parvozlar va tinimsiz muvaffaqiyatlar tilayman. Har doim kuch-g‘ayrat va ilhom sizni tark etmasin!

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Ibragimov