🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Rossiyaning Altay davlat universiteti (AltDU) hamda Novosibirsk davlat universitetlari (NDU) bilan qo’shma ta’lim asosida quyidagi magistratura mutaxassisliklari ochildi.
1. 70610101 – “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti” mutaxassisligi (o’qish muddati 1 + 1) Altay davlat universiteti (AltDU) 2. 70410102 -“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” mutaxassisligi – (o’qish muddati 1+1) – Altay davlat universiteti (AltDU) 3. 70110801 – “Ona tili va adabiyoti: rus tili (o’qish muddati 1+1) – Novosibirsk davlat universiteti (NDU) 📆O’qish muddati 2 yil bo’lib, 1 yil Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida, 1 yil Altay va Novosibirsk davlat universitetida davom etadi. 💰Afzalliklari: 🎓- Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega bo’lishadi. (Izoh: Ma’lumot uchun: Altay davlat universiteti Top 1000 talik Novosibirsk davlat universiteti Top 500 talik universitetlar ichida yuqori-o’rinlarni egallab turganligi sababli bitiruvchilarga imtiyozlar beriladi.) – Bitirgandan keyin diplom nostrifikatsiya qilinmaydi. 📌 Muhim: Kirish uchun til sertifikati talab etilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2021 yildagi 421-sonli qarori 2-bob 13-bandiga asosan imtihonlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. birinchi bosqichda — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari o‘tkaziladi .
ikkinchi bosqichda — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelishilgan muddatlarda qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni o‘tkaziladi . chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan o‘tkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqich uchun maksimal ball beriladi.