🎨 Pedagogika fakultetida 1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda. Xususan, “Besh muhim tashabbus” doirasida iste’dodli yoshlarni kashf etish maqsadida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari A.A’zamqulov, A.Amirqulovlar tashabbusi bilan 2-3-kurs tojik tili guruhlari talabalari o‘rtasida “Rasmlar tanlovi” bo‘lib o‘tdi.
💫 Rang-tasvir orqali san’at namunalarini yaratgan talabalar davlat bayrog‘i, humo qushi tasviri orqali ezgu maqsadlari, orzu va intilishlarini aks ettirdilar.
🌟 Jarayonni fakultet dekani, O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tasviriy san’at bo‘yicha mutaxassislar kuzatib bordilar va yakuniy natijalarni e’lon qildilar.