Hamkorlik shartnomasi imzolandi

30/05/2025

🇮🇩🤝🇺🇿 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yangi hamkorlik bosqichi

🏛 Bugun institutimizga Indoneziyaning Pendidikan universitetidan nufuzli mehmonlar tashrif buyurishdi:
Prof. Dr. Julia, M.Pd. (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professori va kafedra mudiri),
Dr. Indra Safari, M.Pd. (Jismoniy tarbiya fakulteti o‘qituvchisi va akademik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari),
Dr. Tedi Supriyadi, S.H.I., M.Ag. (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, diniy pedagogika mutaxassisi).

🔰 Tashrif doirasida institutimiz Jismoniy madaniyat kafedrasi bilan Pendidikan universiteti o‘rtasida kafedralararo hamkorlik shartnomasi imzolandi.

✅ Bu hamkorlik institutimizning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga va talabalarimizga yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.