Hamkorlik memorandumi imzolandi

19/02/2026

🏢 Bugun DTPIga Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor J.Yo.Mavlonov Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi direktori, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent U.A.Rajabov, umumiy fanlar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor U.B.Abdiev va umumiy fanlar kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sh.J.Suyunovlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni DTPI rektori O.A.Ruziyev kutib olishdi.

✨ Mehmonlar dastlab RIMda bo‘lishib, talabalarning puxta bilim olishlari maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. “Kelajakka qadam” markazida o’z-o’zini ish bilan band qilish xususida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

💎 Institutimizda tashkil etilgan “O‘lkashunoslik muzeyi”da, Hind markazida bo‘lishib, talabalarninig ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar va muzey eksponatlarini ko‘zdan kechirishdi.

🔺 Shundan so‘ng hamkorlik memorandumi imzolandi.