🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida muhim xalqaro hamkorlik yo‘nalishida yana bir qadam tashlandi.
🔰 Hindistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim ishtirokida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va Hindistonning Indira Gandhi Krishi Vishwavidyalaya (Raipur) universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.
✅ Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy tadqiqot va madaniy almashinuv sohalarida yaqin hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
📌 Ushbu tashabbus institutning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash va talabalarga yangi imkoniyatlar yaratish sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.