G‘oliblarga keyingi bosqichga yo‘llanma

24/04/2025

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Qumqurg‘on, Sho‘rchi, Uzun, Sariosiyo, Oltinsoy va Denov tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan kimyo, biologiya va fizika fanlaridan fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘oliblarining yutuqlari e’tirof etildi.

🔵 O‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. G‘olib bo‘lgan maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilariga olimpiadaning keyingi bosqichiga yo‘llanma berildi.