Filologiya fakulteti rahbariyati tomonidan talabalar turar joyidagi holat o‘rganildi
12/10/2025
Talabalarning yashash sharoitlari va mavjud muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 11-oktabr sanasida Filologiya fakulteti dekani, pedagogika bo‘yicha falsafa doktori, professor v.b. M. Musurmankulova hamda dekan o‘rinbosari N. Shoymardonova 1-son talabalar turar joyida bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida fakultet rahbariyati talabalar bilan muloqot qilib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qizlarning odob-axloqi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Mazkur faoliyat talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani kuchaytirish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.