Ta’limning kredit-modul tizimi, sirtqi/kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi, fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan 2-3-4-5-bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”, institut “Akademik qoidalari”ning 9-bob, 80-81-82-bandlariga asosan semestr natijalari bo‘yicha akademik qarzdorliklarini 2025-2026 o‘quv yili kuzgi semestri mobaynida o‘z hisobidan qayta o‘qib, o‘zlashtirishlari uchun ruxsat berilmoqda. Kuzgi semestr mobaynida qayta o‘qish 2025-yil 13-oktabr sanasidan 2025-yil 20-dekabrgacha tashkil etiladi. Qayta o‘qish uchun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza berish va tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni (to‘lov haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilish muddati ham) amalga oshirish muddati – 2025-yil 4-oktabr sanasiga qadar etib belgilandi. Eslatma: To‘lov ma’lumotnomasi taqdim etilgandan so‘ng HEMIS axborot tizimi orqali qayta o‘qish uchun ariza berish registrator ofisi menejerlari yordamida amalga oshiriladi. Qayta o‘qish shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov pulini to‘liq miqdorda va belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalarning arizasiga rad javobi beriladi. Manzil: Registrator ofisi (asosiy), Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona, tel.: +998 90 071 96 96 Registrator ofisi (tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti), Denov tumani, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, 1-qavat, 102-xona, tel.: +998 97 697 00 33 Registrator ofisi (pedagogika fakulteti), Sariosiyo tumani, Istiqlol ko‘chasi, 49-uy, 1-qavat, 109-xona, tel.: +998 91 906 62 62 https://t.me/dtpi_registrator_office_bot