🗣 Ta’limning kredit-modul tizimi, sirtqi/kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi, fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan 2-3-4-5-bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”, institut “Akademik qoidalari”ning 9-bob, 80-81-82-bandlariga asosan semestr natijalari bo‘yicha akademik qarzdorliklarini 2025-2026 o‘quv yili kuzgi semestri mobaynida o‘z hisobidan qayta o‘qib, o‘zlashtirishlari uchun ruxsat berilmoqda. 📌 Kuzgi semestr mobaynida qayta o‘qish 2025-yil 13-oktyabr sanasidan 2025-yil 20-dekabrgacha tashkil etiladi. 🖌 Qayta o‘qish uchun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza berish va tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni (to‘lov haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilish muddati ham) amalga oshirish muddati – 2025-yil 4-oktyabr sanasiga qadar etib belgilandi. 🎤 Eslatma: To‘lov ma’lumotnomasi taqdim etilgandan so‘ng HEMIS axborot tizimi orqali qayta o‘qish uchun ariza berish registrator ofisi menejerlari yordamida amalga oshiriladi. ❇️ Qayta o‘qish shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov pulini to‘liq miqdorda va belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalarning arizasiga rad javobi beriladi. Manzil: Registrator ofisi (asosiy), Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona, tel.: +998 90 071 96 96 Registrator ofisi (tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti), Denov tumani, “Bog‘” ko‘chasi, 112-uy, 1-qavat, 102-xona, tel.: +998 97 697 00 33 Registrator ofisi (pedagogika fakulteti), Sariosiyo tumani, “Istiqlol” ko‘chasi, 49-uy, 1-qavat, 109-xona, tel.: +998 91 906 62 62 https://t.me/dtpi_registrator_office_bot