DTPIda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

05/09/2025

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 197-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025/2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada boshlash yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Vazirlik ishchi guruhi tomonidan institutning moddiy-texnika bazasi, o‘quv auditoriyalari, zamonaviy o‘quv-uslubiy vositalar bilan ta’minlanish darajasi, talabalar turar joylari va yotoqxonalar holati, shuningdek, yangi o‘quv yilida talaba-yoshlarni joylashtirish atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹 Tashrif davomida mavjud infratuzilmalarni zamon talablari asosida yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, talabalar uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.