DTPIda “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

27/09/2025

⚡️1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kasaba uyushmasi tomonidan professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

🖊 Ushbu musobaqada institutning turli fakultetlaridan ishtirok etgan o‘qituvchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

Erkaklar o‘rtasida:

🥇-o‘rin — Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti o‘qituvchisi Navruzbek

🥈-o‘rin — Filologiya fakulteti tyutori Shohruh Gulboev

🥉-o‘rin — Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi Azizbek Jovliyev

Ayollar o‘rtasida:

🥇-o‘rin — Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi Dilshoda Ravshanova

🥈-o‘rin — Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti o‘qituvchisi Shahnozaxon Abdulhaeva

🥉-o‘rin — Filologiya fakulteti o‘qituvchisi Anorhol Amanova