🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi olis tog’li hududda joylashgan 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagoglari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Instituti rektori O.Ruziyev o’quvchi yoshlar bilan uchrashib institutda mavjud bo‘lgan fakultet va yo‘nalishlar haqida ma’lumot berib, har bir yo‘nalishning o‘quv rejalari, afzalliklari, kasbiy imkoniyatlarini tushuntirib o‘tdilar.
⚡️ Maktab o’quvchilari uchun “Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “BIOLOGIYA” fani kursida qatnashib imtiyozli sertifikatlarga ega bo’lgan maktab oʻquvchilari namuna qilindi. Shuningdek talaba-yoshlarni sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun institut bo’ylab ekskursiya tashkil qilindi.
📌 O‘quvchilar Registrator ofis, Rus tili ta’lim markazi, o’quv laboratoriya xonalari, Axborot resurslar markazi, Karyera markazi, talabalar turar joyi va sport majmuasida bo‘ldilar. O’quvchi-yoshlar o’zlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.