DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari “Butunjahon turizm kuni”ni nishonlashdi
26/09/2025
📅 27-sentabr “Butunjahon turizm kuni” munosabati bilan fakultet talabalari Sina turizm qishlog‘ida joylashgan “Sumbula mazor” turizm maskaniga sayohat uyushtirishdi.
✔️ Sayohat fakultet dekani M. Toshboboyev, tyutorlar hamda Turizm yo‘nalishi talabalari ishtirokida tashkil etildi. Jarayon davomida talabalar “Sumbula mazor” hamda Sina turizm qishlog‘i tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
📌 Ta’kidlash joiz, mazkur sayohat milliy qadriyatlar uyg‘unligida tashkil etildi. Talabalar milliy liboslarda tarix va madaniyatni o‘z timsolida namoyon etdilar.