DTPI o‘qituvchilari ITEC dasturi bo‘yicha Hindistonda
21/05/2025
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchilari X.Kulbasheva va G.Nuraliyevalar Hindiston hukumatining ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida “Women and Enterprise Development (WED)” mavzusidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.
🖋 Ushbu dastur DTPI o’qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish hamda institutning xalqaro hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarining muhim bir qismidir.