DTPI dunyo reytingida Top-300 talikka kirivchi Hindistonning eng nufuzli instituti bilan memorandum imzoladi.
21/08/2025
🤝 DTPI rektori Oybek Ruziyev boshchiligidagi delegatsiya 20-avgust kuni Hindistonning “INDIAN INSTITUTE OF TECHNOLOGY BOMBAY” nomli institutga tashrif buyurdi.
📌 Institutdagi ilmiy-tadqiqot bazalari va laboratoriyalar bilan tanishildi hamda ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
⚡️ Ma’lumot uchun “INDIAN INSTITUTE OF TECHNOLOGY BOMBAY” instituti “QS World university Rengkings World-2025” Top reytinggida 118-o’rinda joylashgan.
❇️Bunday hamkorlik aloqalari orqali kelajakda professor-o’qituvchilar, yosh tadqiqotchi olimlar hamda talabalarimiz ushbu institut bilan o’quv va ilmiy tadqiqot borasida tajriba almashish imkoniyatiga, xalqaro va mahalliy reytinglarda yuqori o’rinlardan joy olishiga hamda ta’lim sifatini har tamonloma yuqori darajaga oshirishga zamin bo’ladi.