DTPI delegatsiyasining Hindistonga tashrifi

25/08/2025

📌 Xabaringiz bor, DTPI rektori O. Ruziyev boshchiligidagi delegatsiyamiz a’zolari Hindistonning poytaxti New Delhi shahrida joylashgan “Management Education and Research Institute” (MERI) nomli xususiy institutga tashrif buyurdi.
🤝 MERI instituti rektori prof. Lalit Aggarwal institutimiz vakillarini iliqlik bilan kutib oldi va MERI institutidagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
MERI instituti menejment va boshqaruv, IT va moliya yo‘nalishlari bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini alohida qayd etish mumkin. Shu yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish borasida kelishuvga erishildi va ikki institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🏫 Meri institutining o‘zining:
✔️high-tech uslubida jihozlangan axborot-resurs markazi,
✔️video darslar va teleradio materiallari tayyorlanadigan ovoz yozish studiyasi,
✔️xalqaro talabalarga mo‘ljallangan innovatsion ta’lim markazi,
✔️ilmiy ishlanmalarni patentlash markazi,
✔️ijodiy faoliyat uchun jihozlangan amaliy laboratoriyalari,
✔️zamonaviy IT-infrastruktura va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan kompyuter laboratoriyalari,
✔️xalqaro universitetlar bilan 30 dan ortiq hamkorlik aloqalari,
✔️talabalar uchun startup va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya markazi,
✔️KPMG, Grant Thornton, Harvard Publishing kabi yirik tashkilotlar bilan qo‘shma dasturlari,
✔️bitiruvchilarining Amazon, TCS, Wipro, ICICI Bank, Ernst & Young, Infosys kabi yetakchi kompaniyalarda faoliyat olib borishi bilan delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.
🌿 Shuningdek, MERI instituti hududida barpo etilgan yashil kampus, zamonaviy talabalar yotoqxonasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi sport majmuasi va madaniy tadbirlar zali institut hayotida alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi.