DTPI delegatsiyasi Hindistonda xalqaro konferensiyada

23/08/2025

📌 DTPI rektori O.Ruziyev boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Raipur shahrida joylashgan “Indira Gandi Krishi Vishwavidyalaya” qishloq xo’jaligi universitetida bo’lib o’tgan “International Education end Research Collobration in Agroculture” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.

🤝 Quvonarlisi, institutimiz rektori O.Ruziyevga mazkur universitetning “Faxriy professor” unvonini berganligi har ikki OTMlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlanganligidan dalolat.

🌱 Shuningdek, universitetning ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan sholi yetishtirishga ixtisoslashtirilgan ilmiy tadqiqot markazida guruchning yangi yaratilgan navlari borib ko’rdilar.

✅ Endilikda, institutimiz professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari ushbu universitetiga kelib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari hamda amaliyot, stajirovka va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.