DTPI delegatsiyasi Hindistonda!

27/08/2025

📌 Ma’lumki, DTPI delegatsiyasi Hindistonda bo‘lib qaytdi. Delegatsiyamiz a’zolari Kelkar ilmiy-tadqiqot markazidagi uchrashuvlardan so‘ng Hindistonning Raipur shahrida joylashgan Indira Gandi Krishi Vishwavidyalaya Universitetiga tashrif buyurishdi.

🤝 Ta’kidlash joizki, 2025-yil 17-aprel kuni Hindistonning O’zbekistondagi elchisi Smita Pant xonim institutimizning 5 yilligi yubileyiga tashrifi doirasida mazkur universitet bilan onlayn hamkorlik memorandumi (MoU) imzolagan edi. Unga ko‘ra tashrif davomida muhim natijalar qayd etildi hamda ikki tomonlama hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalar imzolandi.