DTPI delegatsiyasi Hindistonda!

22/08/2025

📌 DTPI delegatsiyasi ayni kunlarda Hindistonda bo‘lib turibdi. Delegatsiyamiz a’zolari Kelkar ilmiy-tadqiqot markazidagi uchrashuvlardan so‘ng Hindistonning Raipur shahrida joylashgan Indira Gandi Krishi Vishwavidyalaya Universitetiga tashrif buyurishdi.

🤝 Ta’kidlash joizki, 2025-yil 17-aprel kuni Hindistonning O’zbekistondagi elchisi Smita Pant xonim institutimizning 5 yilligi yubileyiga tashrifi doirasida mazkur universitet bilan onlayn hamkorlik memorandumi (MoU) imzolagan memorandum doirasida bugun muhim natijalar qayd etildi:

Institutimiz rektori, professor O.A.Ruziyev universitet tomonidan:

“Faxriylar ro‘yxati” (Roll of Honour),
“Tashrif buyurgan professor” (Visiting Professor)
unvonlari bilan taqdirlandi.

🌱 Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik doirasida qishloq xo‘jaligida guruchning yangi turlarini yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ham imzolandi.