DTPI 5 YOSHDA
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti – 5 yoshda!
Bugun biz faxr bilan ayta olamiz — institutimiz qisqa vaqt ichida yuksak taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, xalqaro miqyosdagi nufuzli ta’lim muassasalaridan biriga aylandi.
2025-yil 16-aprel kuni institutimiz tashkil topganining 5 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!
Bayramda nafaqat O‘zbekistonning turli hududlaridan, balki Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlardan mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu esa institutimizning keng qamrovli xalqaro aloqalari va yuksak nufuzining ifodasidir.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan DTPI tashkil topganining 5 yilligi munosabati ila erkaklar va ayollar o‘rtasida shaxmat va voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalarga institut rektori O.Ruziyev tomonidan start berildi.