“Dolzarb 90 kun” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

27/08/2025

⚡️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi.

📌 Mazkur sport uchrashuvlari institut jamoasi a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazildi. Bellashuvlar do‘stona muhitda, sportga xos halollik va o‘zaro hurmat ruhida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining sportga bo‘lgan mehrini, jamoaviy harakatdagi uyg‘unlikni va kuch-g‘ayratini namoyon etishdi.