🏛 DTPIda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan “Karyera kuni” – imkoniyatlar kuni” shiori ostida “Jarqo’rg’on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bo’sh ish o’rinlari uchun mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishdi.
📌 “Karyera kuni” ning o‘tkazilishidan asosiy maqsad ham bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, ularni amaliy ish faoliyatiga tayyorlash, ishga joylashishlariga ko‘maklashish va bo‘lajak mutaxassislar sifatida mehnat bozoriga integratsiyasini yengillashtirishdan iborat bo‘ldi.
🔷 Tadbirda DTPIda 2024-2025-o’quv yilida o’qishni tugatgan hamda ishga joylashmagan Jarqo’rg’onlik 20 nafarga yaqin talabalar o’z ish joylariga ega bo’lishdi.
📍 “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi doirasida tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’z bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi.