⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultet “Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi A.Bolliyev tomonidan Denov, Oltinsoy va Uzun tumani umumtaʼlim maktablarida ta’lim olib kelayotgan bir guruh o‘quvchi yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga qiziqishni oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.
✅ O‘quvchi yoshlarga kafedraning zamonaviy o‘quv laboratoriya bilan tanishtirildi, master klass darslari tashkil etildi. O‘quvchilar Registrator ofis, Axborot-resurslar markazi, karyera markazi, talabalar turar joyi va sport majmuasida bo‘ldilar. 📌 Mazkur uchrashuvlar davomida o‘quvchilarga oliy ta’limning ahamiyati, zamonaviy kasblar va ular uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar, talabalik hayoti va kelajak imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.