DOKTORANTURA

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo`yiladigan talablar

Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturada o`qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko`ra, doktoranturaga esa – suhbat natijalariga ko`ra amalga oshiriladi. Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga ko`ra amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim: magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun),yoki oliy ma`lumot (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) to`g`risidagi diplomga ega bo`lish; falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo`lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo`nalishlar bo`yicha ilmiy ishlar to`plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo`lish; Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo`lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo`lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Tayanch doktoranturada o`qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza; qisqacha biografik ma`lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ta`lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma`lumot (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) to`g`risidagi diplom nusxasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati, shuningdek ularning nusxalari. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Doktoranturaga quyidagilarga ega bo`lganlar qabul qilinadi:

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak: fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar; fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so`ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo`lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo`nalishlar bo`yicha ilmiy ishlar to`plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo`lish.

Doktoranturada o`qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza; qisqacha biografik ma`lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ma`lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo`lganligi to`g`risidagi diplom nusxasi; tadqiqot mavzusi bo`yicha ilmiy ma`ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan OTM yoki ITMga murojaat qiladi:

qisqacha biografik ma`lumotnoma; falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma`lumot (mutaxassislik dasturi bo`yicha) to`g`risidagi diplom nusxasi; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; ilmiy ishlar ro`yxati va ularning nusxasi; fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi; ish joyidan tavsifnoma.

 

1.

01.01.01 – Matematik analiz

2.

01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

3.

02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

4.

03.00.07 – Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi

5.

03.00.10 – Ekologiya

6.

05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti

7.

05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish

8.

07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi

9.

07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya

10.

08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi

11.

08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit

12.

08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti

13.

08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va halqaro raqamli integratsiya

14.

10.00.01 – Oʻzbek tili

15.

10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti

16.

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

17.

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

18.

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklari tog’risida ma’lumot

Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2022 yildan ochilgan bo’lib,  bugungi kunda 18 ta ixtisoslikda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo’lib, 66 nafar tayanch doktorantlar va 153 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.