Denovlik matonat timsoli — Dilorom Yo‘ldosheva bilan uchrashuv

11/10/2025

⚡️Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Mardlik” ordeni sohibasi, “Ayol va zamon” o‘quv markazi rahbari Dilorom Yo‘ldosheva bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✨Tadbir davomida 2021-yilda yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida ikki oyog‘idan ayrilgan bo‘lsa-da, hayot sinovlarini matonat bilan yengib o‘tgan, imkoniyatsizlikdan imkoniyat yaratgan, qat’iyati va irodasi bilan ko‘plarga o‘rnak bo‘layotgan Dilorom Yo‘ldosheva o‘z hayot yo‘li, orzu-intilishlari hamda erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi.

⚡️Erkin muloqot tarzida kechgan uchrashuvda talabalar mehmonning hayotiy tajribasidan ilhom olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📍Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga Dilorom Yo‘ldoshevaning hayoti asosida suratga olingan “Matonat” badiiy filmi namoyish etildi.