DENOV TUMANIDA JOYLASHGAN ZIYORATGOHLAR VA KO'NGILOCHAR MASKANLAR

SAID OTALIQ MADRASASI

Said otaliq madrasasi — Oʻzbekiston RespublikasiSurxondaryo viloyatiDenov shahri markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. XIX asrda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakili amir Haydar hukmronligi davrida, uning qaynotasi Sayyid otaliq homiyligida, Buxorolik meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy tomonidan bunyod etilgan.

Madrasa XVI asrda Shayboniylar hukmronligi davrida islom dini arbobi — Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan deya taxmin qilinar edi. Buxoroning yirik madrasalari qurilishi uslubida barpo etilgan (Koʻkaldosh va boshqa madrasalar). Mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Denovning Mustaqillik koʻchasida joylashgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Tuhfat az-zoiriyn“da aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor shayxnaqshbandiya tariqati shayhlari oltin zanjiri ketma-ketligi hisobida — oʻn yettinchisi boʻlib, Bahouddin Naqshbandning vorisi, muridi, kuyovi boʻlgan. U kishining ikki halifalaridan biri hisoblangan. Hazrat Xoja Alouddin Attor Chagʻoniyon viloyatiga 1389—1396-yillarda oilasi bilan kelib qolgan va milodiy 1400-yil 18-martda Denovda vafot etgan. Sarmozor ota degan joyda dafn qilingan. Bu yer hozirda „Shayx Attor Valiy“ yoki „Ostona buva“ deb ataladi. Qabristonda Xoja Alouddin Attorning keyingi avlodlari, jumladan, uning oʻgʻli — Shayx Hasan Attoriy, nevarasi Xoja Yusuf Attor ham dafn etilgan.

Tadqiqotchilar Said otaliq madrasasini Hazrat Xoja Alouddin Attor avlodlari tomonidan bunyod etilgani va boshqa maʼlumotlarni qayd etishadi. Fathnomai sultoniy asariga koʻra, uni Buxoro amirligi hukmdori Haydarning qaynotasi Sayyid otaliq XIX asr boshlarida qurdirgan. U bir necha yillar Denovda hokimlik vazifasini bajargan ekan.

Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Shoʻrolar tuzumi davrida madrasa yopib qoʻyilgan. 1956—1960 va 1972—1973-yillarda Oʻzbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy oʻrganilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon oʻgʻli tashabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik oʻqitilishi boshlangan. Bugungi kunda madrasaning oʻrta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. 2018—2019-yillardagi xabarlarga koʻra, madrasa binosi ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida boʻlgan. Madrasa 2019-yilda tasdiqlangan “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari” milliy roʻyxatiga kiritilib, unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning ijro muddati etib 2021-yilning mart—aprel oylari belgilangan.

Madrasasining meʼmorchilik uslubi tartibi oʻz davrida belgilangan anʼanalarga mos ravishda barpo etilgan. Bino hovlisi ikki qavatli qurilgan katta-kichik hujralardan tashkil topgan boʻlib, peshtoq ortida miyonsaroy, uning ikki yonida esa masjid va darsxona joylashgan. Madrasa burchaklariga esa guldastalar ishlangan. 40×29.5 metr tarxli hovlisidagi peshayvonlar soni 2 ta. Madrasa poydevorining chuqurligi 5,5 metr. Tomi balxi gumbazli. Hujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan.

ALOVUDDIN ATTOR ZIYORATGOHI

Xalq orasida Shayx Attor Valiy, Xoja Alouddin Attor nomi bilan e’zozlangan, Bahouddin Naqshbandning birinchi halifalari va kuyovlari piru murshid  Muhammad ibn Muhammad Buxoriy.  Tavalludi XIX asr 30-yillar oxiri Buxoro hududida(hozirgi Qorakol tumani) – vafoti 1400 yil Chag’oniyon (hozirgi Denov). Abulqosim ibn Muhammad ibn Mas’ud Buxoriy o‘zining “Manoqibi va shamoili Hazrati Xoja Alouddin Attor” nomli asarida Alouddin Attorga qo‘yidagi ta’riflarni bergan: “Shariat arbobi”, “Valiylar qutbi”, “Ahlullohning suyanchi”, “intiboh sohiblarining pokizasi”, “tariqat arboblarining sayyidi”, “Mutakallimlarning oxirgisi”, “Aloul Haq vad din” deya e’tirof etilgan. Demak, Alouddin Attor naqshbandiya sulukida ega bo‘lgan unvonlari ham uning irfon sohibi din ilmining bilimdoni, ulug‘ ustoz ekanligini anglatadi. Unga berilgan unvonlardan biri “mutakkallimlar oxirgisi” uning kalom ilmida ham benazir bo‘lganligini bildiradi. Attor unvoni nafaqat attorlik kasbi uchun shu bilan birga dinning ifori taratuvchisi ma’nosini beradi. Shajaraviy jihatdan Said Ato (Yassaviya piri, Xoja Alouddin Attorning kata bobosidir) orqali Hazrati aliga borib taqaladi. Bobosi Abdulloh Zarbaxsh Buxoroda 400 nafar shogirdlari bilan Buxoro Vardonze xonaqohida minglab avliyolarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Alouddin Attorning otasi Said Amir Muhammad Buxoriy o’z davrining ilmli va mulkdor kishisi xisoblangan. Otasi vafotidan keyin me’rosiy mulkdn voz kechib o’zini ilmga bag’ishlagan. Madrasada shariat bilimlarini egallash bilan birga tariqat ilmini Bahouddin Naqshbanddan o’rgana boshlagan. Ilmga bo’lgan muhabbati va sobitliligi Bahouddin Naqshband e’tiborini tortadi. Suhbatlarda har doim Alouddin Attorni yoniga o’tqazadi va uni buri ya’ni nafs bo’risi emasligini aytadi.  Bahouddin Naqshband Alouddin Attordagi kibrni to’la sindirish uchun   yalangoyoq, yog’osh savatda olma sotishni buyurdi. Olma sotishni Alouddin Attorning akalari Shahobiddin va Muboraklarning savdodukoni oldida sotganda, akalari Alouddin Attorni bu ishni qilmaslikka chaqiradi. Lekin Alouddin Attor ustozi aytgan so’zlarni sitqidildan bajaradi. Bu yumush bilan uni kibrdan to’la xalos etadi. Rashoxat asarida keltirilishicha, Bahouddin Naqshbandni bir qizi bo’lgan. U voyaga yetganlik xabarini ayolidan eshitgach,  zexn va salohiyatini ko’rib Alouddin Attorga qizini  nikohiga olishini so’raydi. Shunda Alouddin Attor ustozini taklifi qanchalar katta saodat ekanligi, lekin unda bir gi’sht va bir kuzadan boshqa xech narsasi yuq ekanligini aytadi. Bahouddin Naqshband rizqni Alloh berishini aytadi. Tez orada ular oila quradi. Nikohidan Hasan Attor dunyoga keladi. Bahouddin Balogardon asarida Alouddin va uning oilasi uchun Buxoroda bir imorat solingani aytilgan. Naqshbandiya ta’limotining asoschisi Bahouddin Naqshband ko’plab avliyolarni tarbiyalagan. Shu o’rinda Alouddin Attorning xizmatlari benixoya kattadir. Bahouddin Naqshband Alouddin Attorning tarbiyaviy ishlari haqida bizni yukimizni hiyla engillatdi deb bejiz aytib o’tmagan. Bahouddin Naqshbandning ko’p shogirdlari bo’lsada lekin Alouddin Attor  Bahouddin Naqshbandning yonlarida har doim birga bo’lga. Xatto Bahouddin Naqshbandning 1389 yil so’nggi damlarida ham Alouddin Attor uning yonlarida bo’lgan.

ICHKI TURIZM