Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro tajriba almashinuvi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
25/05/2025
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev, AQSHning Missuri-Kolumbiya universitetida tahsil olayotgan Xikmatova Shirin Xusniddin qizi hamda Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari ishtirokida mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
📌 Uchrashuv davomida Shirin Xikmatova AQSHdagi o‘quv jarayonlari, innovatsion yondashuvlar hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Talabalar xorijda o‘qish, grantlar va almashinuv dasturlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mazkur uchrashuv yoshlar uchun katta ilhom va motivatsiya manbai bo‘ldi.