Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar oʻrtasida Kurash sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqalarining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

01/05/2025

⚡️ Unda institutning barcha fakultet talabalaridan yuzga yaqin talabalar ishtirok etdilar. Qiziqarli o‘tgan musobaqada g‘oliblik uchun kechgan murosasiz bellashuvlar natijasiga ko‘ra quyidagi talabalar o‘z vazn toifalarida birinchilikni egalladilar:

➖ 60 kg. Qayumov Bunyodjon
➖ 66 kg. Xursandov Obidjon
➖ 73 kg. Mahmudov Umarbek
➖ 81 kg. Abdulaxatov Alimardon
➖ 90 kg. Erkinov Mehriddin
➖ +90 kg. Ziyodullayev Zayniddin

🏆 Ushbu g‘olib kurashchilarimiz endi musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etadilar. Chempionlarimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz.