Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Ushbu jarayonlardan foto lavhalar.

26/04/2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

⚡️ Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yuragimizga Vatan deb bitilgan, she’riyat osmonida yulduzdek porlagan atoqli shoir, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan unutilmas tadbir bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, jarayonda institut rektori O.Ruziyev professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida shoirdan taralgan Vatanga sadoqat, xalqga muhabbat, elga mehr tuyg‘ulari yana bir bor yuraklarni titratdi. Institut yoshlari tomonidan yod etilgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar barchaga unutilmas lahzalarni hadya etdi.

📌 Muhammad Yusuf ijodi – bu millat ruhining ifodasi, xalq qalbining sadosi. Bugungi tadbir ham ana shu ruhni uyg‘otdi, yosh avlod qalbiga Vatanga muhabbat urug‘ini soldi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning ko‘zida faxr, yuragida iftixor va sho‘rli satrlaru misralarga bo‘lgan cheksiz ehtirom mujassam edi. Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti jamoasi yana bir bor ko‘rsatdiki – buyuk shoirlar unutilmaydi, ular yuraklarda yashaydi!