Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kitobxonlik haftaligi davom etmoqda

28/04/2025

Ushbu tadbirning maqsadi talabalarga kitob o’qishning ahamiyatini tushuntirish, ularni adabiyotga qiziqtirish va bilim olishga rag’batlantirishdan iborat. Haftalik doirasida institutda bir qator ilmiy va adabiy tadbirlar, mualliflar bilan uchrashuvlar, kitob namoyishlari tashkil etilmoqda. Talabalar o’z bilimlarini kengaytirish va dunyoqarashlarini boyitish imkoniga ega bo’lmoqdalar.

⚡️ Kitobxonlik haftaligi nafaqat kitoblarni o’qishga bo’lgan qiziqishni oshiradi, balki yoshlarni madaniyat va ma’naviyatga bo’lgan munosabatini yaxshilaydi. Institutda talabalarga kitob o’qish orqali ularning fikrlash darajasi va ijodkorlik qobiliyatlari rivojlantirilmoqda. Bu kabi tadbirlar, shubhasiz, kitobga bo’lgan muhabbatni mustahkamlash va kitob o’qishni jamiyatda keng targ’ib qilishda muhim rol o’ynaydi.