Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Adabiy maʼrifiy haftaliklar” boshlandi.
21/05/2025
⚡️ Bugun Denov tumanida joylashgan “Afrosiyob” milliy bog’ida “Adabiy maʼrifiy haftaliklar ” doirasida Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti hamda Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida “Milliy sport o‘yinlari” musobaqalari tashkil etildi. Mazkur tadbirda talabalar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi .
📌 Madaniy-ma‘rifiy tadbir jarayonlarida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, tumanimiz aholisi ishtirok etdi. Tadbir yuqori kayfiyatda tashkil etilib, yig’ilganlarning madaniy hordiq olishlarida bir vosita bo’lib xizmat qildi.