Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev Aniq va tabiiy fanlar fakultetiga tashrif buyurib Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi qoshida tashkil etilgan “BIOLOGIYA” fani kursida tahsil olayotgan politexnikum va umumtaʼlim maktablari o’quvchilari bilan uchrashdi

28/06/2025

Rektor Prezidentimiz tomonidan talabalar va o’quvchi yoshlarni zamonaviy bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar haqida aytib, bunday sharoitlardan oqilona foydalanib kelajakda “Yangi O’zbekistonni” ilm-fan bo’yincha dunyoga tanitadigan yetuk kadr bo’lib yetishishni maqsad qilish kerakligini takidladi.

Uchrashuv so’ngida dars mashgʻulotlarida faol ishtirok etib kelayotgan Denov tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabi 10-sinf oʻquvchisi Ismoilova Durdona Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida imtiyoz beruvchi Biologiya fanidan milliy sertifikatlarga ega bo’lganligi bilan tabriklab estalik sovgʻalarini topshirdi.

DTPI va Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlik yuqori suratlarda davom etmoqda.