Dekan va yoshlar uchrashuvi

19/12/2025

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda fakultet dekani M.Toshboboyev, “Axborot texnologiyalar” kafedrasi mudiri R.Mamajonov, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

✅ Uchrashuv ochiq formatda bo’lib o’tdi. Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumida berilgan vazifalar bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.

📌 Jarayon davomida  talabalar tomonidan aytilgan bir qator muammo va takliflar bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.