Bugun viloyatimizda 29 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi.

06/10/2025

🏢 Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat pedagogika instituti uchun qurilgan zamonaviy o‘quv binosining foydalanishga topshirilishida ishtirok etdi. Tadbir doirasida videokonferensaloqa orqali boshqa yangidan qurilgan obyektlar ham aholi va tarmoqlar foydalanishiga topshirildi.

📌 Jumladan, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Pedagogika fakulteti binosi ham “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib deb topilib, 1 milliard 300 million so’m ajratilgan edi. Bugun qayta ta’mirdan chiqqan fakultet binosi talabalar ixtiyoriga berildi.

🖌 Institutimiz rektori ochilish marosimida ishtirok etdi. Shundan so‘ng, 5-M-2023 guruh talabalari bilan uchrashib, mamlakatimizda yoshlarning puxta bilim olishlari maqsadida yaratilgan sharoitlar, milliy kiyimlarimiz, gastrol, videostudio ochish taklifi haqida ochiq muloqot o‘tkazdi.