Boqiy shaharlarimiz

16/10/2025

🖊 Boqiy shaharlar o‘zining ko‘hna tarixi, boy madaniyati va betakror me’morchiligi bilan asrlar davomida yashab kelayotgan maskanlardir. Bunday shaharlar insoniyat sivilizatsiyasining guvohi va merosxo‘ri sifatida alohida o‘rin tutadi. Ular nafaqat o‘z zamonida siyosiy, madaniy va iqtisodiy markaz bo‘lgan, balki bugungi kunda ham dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayyohlarni o‘ziga maftun etmoqda.

📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori A.Bobonazarov hamda “Tarix va falsafa kafedrasi” professor o’qituvchisi O’.Muminov “Kelajak soati” doirasida talabalarning Boqiy shaharlarimiz mavzusidagi bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash maqsadida o’ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Denov tumanida joylashgan Said Otaliq madrasasi hamda diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishdi.