Biz giyohvandlikka qarshimiz

20/02/2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026-yillarga moʻljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturining 31.5-bandida “Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan foydalangan holda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida iqtidorli talabalar tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” nomli qisqa metrajli spektakl namoyish etildi. Bundan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi murosasiz kurash ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.