Bitiruv oqshomi

09/07/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan an’anaviy “Bitiruv oqshomi” marosimi o‘tkazilmoqda.

📌 Bugun institutning bitiruvchilari o’zlarining tantanali kunlarini nishonlamoqda. Ushbu tadbirda bitiruvchilarning quvonchi, ustozlarning g’ururi va ota-onalarning duolari bir jarayon sifatida mujassamlashmoqda.

📍 Marosim davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari o’z minnatdorchiliklarini izhor etish uchun sahnaga chiqdi. Ular institut rahbariyatiga, murabbiylarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun samimiy rahmatlarini bildirishdi.

🔷 Tadbir davomida ilmiy va o’quv hamda ma’naviyiy sohada yutuqqa erishgan talabalar va ularning ota-onalari taqdirlanishdi.