Bahor nafasi – qadriyatlar va yangilanishlar timsoli!
03/03/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari Sariosiyo tumani “Tortuvli” MFYda tashkil etilgan bahorning qadimiy ne’mati – sumalak saylida faol ishtirok etdilar. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur bayram tadbiriga Surxondaryo viloyati hokimi ham tashrif buyurib, tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yangilanish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan bahor ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Bayramona ruh, milliy qadriyatlar va yoshlar faolligi uyg‘unlashgan ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.