AXOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH ISLOHOTLARIMIZNING ASOSIY MEZONI HISOBLANADI

08/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi ko‘p millatli xalqimiz uchun tarixiy kun diyishimiz mumkin.

 Davlatimiz raxbari o‘z murojaatlarini  mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib o‘tdilar. Murojaatnomada keltrilgan har bir ma’lumot va amalaga oshiriladigan ishlar bo‘yicha juda ko‘plab raqamlarni keltrish mumkin. Xalqimizni farvon turmush tarzini ta’minlash, axolini bandligi orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha  “ Joriy yilda 5 million aholimiz daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi.

Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab, 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimini joriy etdik.

Ta’kidlash kerakki, yurtimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.

Bir eslang, bu ishlarni boshlaganimizda aholimizning uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi. Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik.”

Yuqorida keltrilganlar bu shunchaki raqamlar emas balki ko‘p millatli xalqimiz hayotini farovonlik  darajasi o‘sganligining asosi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Axolini bandligini taminlash, ularga subsidiyalar ajratish, imtiyozli kreditlar hamda davlat tomonidan doimiy qo‘llab quvvatlash bugungi farovon hayotning asosi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan “Xalqimizni rozi qilish” masalasi bugun har birimiz uchun dastur-ul amal bo‘lishi lozim.