“An’anaviy cholg‘ularning musiqa san’atida tutgan o‘rni va ahamiyati”
04/11/2025
🗓 Denov tuman 14-son bolalar musiqa va san’at maktabida “An’anaviy cholg‘ularning musiqa san’atida tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
👨🏫 Darsni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi Avloqulov Dilovar Xaitboboyevich olib bordi.
🔷 Ustoz dars davomida milliy cholg‘ularimiz — 🎻 dutor, tanbur, gijjak, rubob, nay 🎶 kabi asboblarning tarixi, ovoz ohangi va ijro uslublari haqida batafsil ma’lumot berdi.
💬 Tadbir so‘ngida ishtirokchilar milliy cholg‘ularni o‘rganishning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab, bunday darslar o‘quvchilarda milliy iftixor, san’atga mehr va estetik did uyg‘otishini qayd etdilar.
🌿 Ushbu mahorat darsi yosh iste’dodlar qalbida milliy san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, an’anaviy musiqamizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.