ABITURIYENTLARGA
Abituriyentlarni onlayn ro’yxatdan o’tish bo’yicha video qo’llanma
2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Abituriyentlar, texnikum bitiruvchilari va talabalarni o’qishini ko’chirish va qabuli uchun platformalar
Tehnikum bitiruvchilarini suhbat asosida qabul qilish — suhbat.edu.uz
Ikkinchi va undan keyingi ta’lim uchun qabul — ikkinchitalim.edu.uz
Respublika oliygohlariaro o’qishni ko’chirish bo’yicha qabul — transfer.edu.uz
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o’qishni ko’chirish — transfer.uzbmb.uz