6-Xalqaro atrof-muhitni dizayn va salomatlik konferensiyasi (ICED2025)

12/03/2025

Sizni 1-2 noyabr (2025-yil) kunlari Yunoniston, Krit orolining Heraklion shahrida va virtual tarzda o‘tkaziladigan 6-Xalqaro Atrof-muhitni Dizayn va Salomatlik Konferensiyasi (ICED2025)ga taklif etamiz. Konferensiya atrof-muhit va salomatlikka oid so‘nggi ilmiy yutuqlarni taqdim etishga bag‘ishlanadi.

🔹 Konferensiyada quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

Barqarorlik va ifloslanish nazorati.
Energiya, iqlim o’zgarishi va salomatlik masalalari.
Shaharlar, binolar, transport va ijtimoiy qabul qilish.
Ekologik ta’lim va siyosat.

🔹 Muhim sanalar:

Tezislarni yuborish muddati: 30 mart 2025 yil.
To’liq maqolalar yoki plakatlar yuborish: 25 may 2025 yil.
Ro’yxatdan o’tish muddati (avtorlar): 7 iyul 2025 yil.
Konferensiya sanasi: 1-2 noyabr 2025 yil.

🔹 Konferensiya natijalari Scopus indekslangan jurnalda nashr etiladi.

📍 Heraklion shahriga xush kelibsiz!
Heraklion — tarix, madaniyat va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan go‘zal shahar. Batafsil: Heraklion haqida

💻 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: ICED2025 Konferensiyasi