24 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi tashkil etilgan kun

24/10/2025

✅ 1991-yil 24-oktabrda mamlakatimizda Bojxona qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda u iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, savdo jarayonlarini tartibga solish va mamlakat manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.

⚡️Shu munosabat bilan Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida bojxona xodimlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar bojxona tizimi faoliyati, uning zamonaviy islohotlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

⚡️ Erkin va samimiy muhitda o‘tgan uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.