2025-2026 o‘quv yili boshlandi

03/09/2025

🏛 Bugun–3-sentabr. Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlandi.

❇️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham 1-kursga qabul qilingan 1985 nafar yigit-qizlar ertalabdan tantali ravishda kutib olindilar. Institutimizning 3 ta manzilida ham yangi o‘quv yilining boshlanishiga oid tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🔰 Ayni kunlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 4 ta fakultet va 16 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. 329 nafar Professor-o‘qituvchilar talabalrga puxta bilim berishga shay.

📌 Bugungi kunda institutimizda mavjud 3 ta o‘quv binosi, 114 ta o‘quv auditoriyasi, jumladan, 23 ta ma’ruza xonasi, 66 ta amaliy mashg‘ulotlar, 18 ta seminar, 12 ta laboratoriya, 5 ta sport zali va stadionlar zamonaviy talablarga mos ravishda ta’mirlanib, to‘liq tayyor holatga keltirildi.