15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Filologiya fakultetida davra suhbati tashkil etildi

15/05/2025

⚡️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo’ylab keng nishonlanishi belgilab qo’yilgan. Shu munosabat bilan Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N. Nabiyeva, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari N.Shaymardonova va tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirokida chellenj o’tkazildi.